Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Amaldagi qonunlar bo‘yicha tarqatilayotgan gaz ballonlar har bir aholiga maxsus nazorat tarozi orqali tortib berilishi kerak emasmi?
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-avgust kunidagi 646-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga asosan gaz ta’minoti bo‘limi avtoulovlari maxsus nazorat tarozisi bilan ta’minlanishi lozim bo‘lib, faqatgina iste’molchilar tomonidan so‘ralganda (talab qilingan taqdirda) nazorat tarosizi orqali o‘lchab beriladi.
Aholiga sotilayotgan suyultirilgan gazning 1 kg narxi qancha?
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-iyul kunidagi 633-son Qarorida 1 kg suyultirilgan gazning imtiyozli narxi 1120 so‘m etib belgilab qo‘yilgan.
“Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati