Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Bugungi kunda viloyatimizda jami 558 973 ta gaz iste’molchilari bo‘lib, shundan 556 858 tasini aholi va 2 115 tasini ulgurji iste’molchilar tashkil etadi. Bunda, aholi iste’molchilarining 107 230 tasi tabiiy hamda 462 310 tasi suyultirilgan gazdan foydalanadi.
“Hududgaz Surxondaryo” GTF tomonidan 5,5 km gaz quvurlarini rekonstruksiya qilish, 10 dona gaz taqsimlash qurilmalarining mukammal ta'miri rejalashtirilgan. Shuningdek, mavjud 2 125 dona gaz taqsimlash qurilmalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish rejalashtirilgan bo‘lib, shu kunga qadar 1 849 dona GTQlarda texnik ko‘rik va ta'mirlash ishlari amalga oshirildi. Filial tasarrufidagi 70,26 km gaz quvurlarini bosim ostida sinash va havo bosimi yordamida tozalash ishlari to'liq bajarildi. 70,26 km gaz quvurlarini yer osti gaz quvurlarini holatini asboblar yordamida tekshirish rejalashtirilgan va shu kungacha 70,26 km gaz yer osti gaz quvurlarining holati tekshirildi.
“Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati