Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Ayol! Latofat, nafosat va nozik xilqat sohibasi. Jamiyatimizda ayolga ehtirom, uning ardog‘i necha asrlarki ajdodlardan avlodlarga meros bo‘lib kelmoqda. Ayolni e'zozlash, ayolga ehtirom ko‘rsatish xalqimizga xos olijanob qadriyat hisoblanadi. Biz, barchamiz qanday kasb, qanday lavozimda ishlamaylik, qalbimiz, yuragimizdagi jamiki ezgu fazilatlar uchun siz, mehribon ayollardan umrbod qarzdormiz
“8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan “Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filialida gazchi ayollarni sharaflash va taqdirlash tadbiri o‘tkazildi.
Bayram tadbiri avvalida Filial boshlig‘i D.Salohitdinov “Hududgazta'minot” AJ boshqaruvi raisi B.Eshmuratovning gaz sohasida faoliyat olib borayotgan barcha xotin-qizlarga yo‘llagan bayram tabrigini o‘qib eshittirdi hamda barcha ayollarga o‘zining samimiy tilaklarini bildirib o‘tdi. Shuningdek, sohada faoliyat ko‘rsatayotgan ayollarimizning Vatanimiz taraqqiyoti, turmushimiz obodligi va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishda, oilani mustahkamlashda o‘z hissasini qo‘shayotganliklarini, fidoyilik bilan mehnat qilayotganliklarini alohida e'tirof etdi.
Ko‘tarinki ruhda o‘tkazilgan tadbir yakunida esdalik sovg‘alari topshirildi.
“Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati