Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Chinoz tumanida yillar davomida kuz-qish davrida tabiiy gaz bosimida muommolar boʻlar edi. Bugungi kunda aholidan kelib tushgan murojaatlar oʻrganilib Chinoz tumani "Islomobod" MFY hududida “Hududgaz Toshkent” gaz taʼminoti filiali tomonidan d-219 ,d-273 jami 2 km 900 m gaz quvuri tortilyapti. Buning natijasida 11164 xonadon, 26 ta ijtimoiy soha obʼektlilari va 78 ta ulgurji isteʼmolchilarida kuz- kish mavsumida gaz taʼminotidan muommolar yuzaga kelmaydi va 11 ta sanoat korxonalari sanoat kollektoriga ulanish imkoniyati mavjud buladi. Shu bilan bir qatorda "Obod qishloq" dasturiga tushgan "Islomobod"MFYda gaz quvurlari taʼmirlanib boʻyoqlash ishlari olib borilmoqda.
“Hududgaz Toshkent” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati