Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Iste’molchilarni suyultirilgan gaz mahsulotlari bilan o‘z vaqtida ta’minlash, “Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali oldidagi eng muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunda Filialning tuman bo‘limlari tomonidan mahalliy hokimliklar bilan hamkorlikda rejali dastur ishlab chiqilgan bo‘lib, mazkur rejaga ko‘ra, hududlar suyultirilgan gaz bilan ta’minlanmoqda.
“Oqdaryotumangaz” bo‘limi tumanning 29 ta mahallalardagi 30 801 ta aholi va 17 ta ijtimoiy soha obe’ktlariga xizmat ko‘rsatadi.
O‘tgan 6 oy davomida tumandagi iste’molchilarga 2 416.1 tonna mahsulot yetkazib berildi. Mazkur jarayonlarda filialning 12 nafar ishchi-xodimlari mehnat qilishyapti.
Aholini suyultirilgan gazga bo‘lgan ehtiyojini o‘z vaqtida qondirish maqsadida, tumanda 5 ta “ISUZU” avtoo‘lovi, shuningdek, qo‘shimcha 1 ta “ZIL ” rusumli avtomashina jalb etilgan.
Har kuni tumanning 5 ta mahallalarida yashovchi iste’molchilarga 550 ta maishiy gaz ballonlarda 11-18 tonna suyultirilgan gaz mahsulotlari yetkazib berilmoqda.
Ta’kidlash joizki, hududlarda suyultirilgan gazga talab kundan-kunga ortib bormoqda. Tumanda 2022 yilning o‘tgan davri mobaynida maishiiy gaz ballonga ehtiyoji bor 250 dan ortiq oilalarga yangi gaz ballonlar tarqatildi. Birgina tumanning “Go‘zalkent” mahallasida o‘tgan 6 oyda 22 yangi iste’molchi ro‘yxatga olinib ularga suyultirilgan gaz to‘ldirilgan ballonlar yetkazib berildi. Ushbu mahallada 1118 ta iste’molchilar mavjud bo‘lib, aholi suyultirilgan gaz uchun to‘lovni 100 foiz ID kartalarda amalga oshirmoqda.
“Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati