Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Korrupsiya holatlarining har qanday koʼrinishlariga nisbatan murosasiz munosabatda boʼlish va unga qarshi ayovsiz kurashish barcha darajadagi davlat organlari rahbar va xodimlarining eng ustuvor vazifasi etib belgilanishi lozim.
“Hududgaz Xorazm” gaz taʼminoti filialida “Hududgazta’minot” AJ ning joriy yil 26-apreldagi ko’rsatma topshirig’iga asosan korrupsiyani oldini olish, qonunbuzilishlarning sabablari va sharoitlarni bartaraf etish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etish boʼyicha umumprofilaktika tadbiri boʼlib oʼtdi.
Tadbirni “Hududgaz Xorazm” gaz taʼminoti filiali direktori o’rinbosari Baxtiyor Tillayev ochib berdi va kun tartibidagi masalalar boʼyicha oʼz fikr mulohazalarini bildirib oʼtdi.
Tadbirda soʼzga chiqqan “Moddiy resurslardan oqilona foydalanish va korruptsiyaga qarshi siyosatni amalga oshirish” boʼlimi boshligʼi Shavkat Sobirov mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi murosasiz kurashishning ilgʼor xalqaro standartlarga asoslangan tizimini joriy etish boʼyicha izchil ishlar olib borilayotganini alohida taʼkidlab oʼtdi.
Jumladan, davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatida ochiqlik, oshkoralik va shaffoflikni taʼminlash hamda mansabdor shaxslarning aholi oldidagi hisobdorligini yoʼlga qoʼyish orqali davlat boshqaruvida samarali va taʼsirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun zarur sharoitlar yaratilgani, ilk bor korruptsiyaviy xavflarni aniqlash va tizimli tahlil qilish, ularni keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf etish uchun masʼul boʼlgan alohida organ Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etilgani, Davlat hokimiyati organlari va yirik xoʼjalik yurituvchi subʼektlarda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyati yoʼlga qoʼyilgani bunga yaqqol misoldir.
Eslatib oʼtamiz, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining «Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi qarori va “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda boʼlish muhitini yaratish davlat va jamiyat boshqaruvidagi korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi farmoni qabul qilingan.
“Hududgaz Xorazm” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati