Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
O'zbek xalqi azal-azaldan "Navro'z" nafasi kelishi bilan yurtini obod qilish uchun ariq va zovurlarini tozalaydi. Daraxt, nihollarga shakl berib, yurt obodligini, ko'rkamligini saqlashga xizmat qilishadi.
"Hashar — elga yarashar" degan naql bejiz aytilmagan. Hasharda xalqimizga xos bag'rikenglik, o'zaro hamjihatlik, umumxalq bayrami oldidan mahallalar, ko'chalar, aholi turar-joylarida obodonlashtirish ishlari uyushqoqlik, hamjihatlik bilan amalga oshiriladi.
Bugun “Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filialida faoliyat olib borayotgan rahbar va ishchi-xodimlar ham yurtimizda o‘tkazilayotgan umumxalq hasharida faol ishtirok etdilar. Filial atrofi yanada obodonlashtirildi. Gul ko’chatlari ekildi. Xayrli ishdan maqsad – hamjihatlik ekan, gaz ta’minoti filiali xodimlari ana shu maqsad yo’lida birlashishdi.
“Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati