Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, Sudyalar Oliy kengashi, Oliy sud, Bosh prokuratura, Ichki ishlar, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish, Sogʻliqni saqlash, Bandlik va mehnat munosabatlari, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash,Favqulodda vaziyatlar, Qurilish, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish, Xalq taʼlimi vazirliklari, Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi, Markaziy bank hamda viloyatning 4 ta sektor rahbarlari fuqarolarni qabul qiladilar.
Bugun Bektemir tumani Xalq qabulxonasi binosida Oʻrta Chirchiq, Yuqori Chirchiq, Parkent tumanlari hamda Nurafshon shahar aholisi uchun sayyor qabul tashkil etildi. Unda "Hududgaz Toshkent" gaz taʼminoti filiali rahbari ham ishtirok etda va aholini gaz sohasida qiynab kelayotgan murojaatlarini shu yerni oʻzida hal etdi.
“Hududgaz Toshkent” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati