Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Kuz-qish mavsumi aholidan yong‘in xavfsizligi bo‘yicha o‘ta hushyorlikni talab qiladigan davr. Afsuski, ko‘ngilsiz voqealarning uchrab turgani ogohlikni kuchaytirishni taqozo etadi.
Huddi shu masalada To‘raqo‘rg‘on tumanida “Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filiali “To‘raqo‘rg‘on tumangaz” ta’minoti bo‘limi va viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bilan hamkorlikda targ‘ibot uchrashuvlari o‘tkazildi.
Jumladan, tuman hududidagi maktablarda va mahallalardagi aholi xonadonlarida yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish va is gazidan zaharlanishdan saqlanish, xonadonlardagi isitish qozonlari, mo‘rikon va dudbo‘ronlarni o‘z vaqtida tozalash lozimligi bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.
“Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati