Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Hududgaz Navoiy” gaz taʼminoti filiali hamda shahar, tumangaz gaz taʼminoti bo‘limlarining mehnat muhofazasi, sanoat xavfsizligi, favqulodda hodisalarni oldini olish va ishlab chiqarish nazorati bo‘limi xodimlari tomonidan mahallalarda is gaziga qarshi xavfsizlik qoidalariga rioya etish hamda “1 metr kub gaz tejang” shiori ostida targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda.
Jumladan, mart oyining o‘tgan davrida viloyat bo‘yicha 37 ta mahallalar aholi xonadonlarida is gaziga qarshi targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilishi taʼminlandi. Jumladan, Karmana tumanining “Kumushkon”, “Qo‘hnaqo‘rg‘on”, “Kalovat”, “Arg‘un”, “Yangiariq”, Navbahor tumanining “Arabxona”, “Beshrabot”, “Yangi yo‘l”, Nurota tumani “Shahriston”, “Eshon Sudur”, “Oq machit”, “Xatirchi”, “Navbahor”, “”Samarqand” , “Paraxun”, Qiziltepa tumanining “Ayronchi”, “Alisher Navoiy”, “Vang‘ozi”, Konimex tumanining “Sho‘rtepa”, “Birlik”, “Zafarobod qo‘rg‘oni”, Zarafshon shahrining “Yangi Zarafshon”, “Miraj” bog‘dorchilik jamiyati, Navoiy shahar “Umid”, “O‘zbekiston”, “Yoshlik”, G‘azg‘on shahrining “Tumar”, “Marmarobod” va boshqa mahalla fuqarolar yig‘inlarida aholini hushyorlikka chorlovchi targ‘ibotlar o‘tkazilib, zarur eslatma va bukletlar tarqatildi.
O‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlarida gaz jihozlaridan to‘g‘ri va xavfsiz foydalanish qoidalari batafsiz tushuntirib o‘tilmoqda. Bu kabi targ‘ibot tadbirlari barcha mahallalar kesimida har kun o‘tkazib borilishi rejalashtirilgan.
“Hududgaz Navoiy” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati