Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Is-gaziga qarshi targ‘ibot tadbirlari Navbahor tumanida ham muntazam davom etmoqda. “Navbahortumangaz” gaz taʼminoti bo‘limlari xodimlari aholi xonadonlari, taʼlim muassasalari hamda boshqa ijtimoiy obyektlarda bo‘lib, gazdan xavfsiz foydalanish qoidalari bilan yaqindan tanishtirilmoqda
- Xodimlarimiz har bir xonadonda bo‘lib, is-gaziga qarshi eslatmalarni tarqatishmoqda, - deydi “Navbahortumangaz” gaz taʼminoti bo‘limi boshlig‘i Akmal Ernazarov.- Targ‘ibotlarimiz davomida barcha aholi xonadonlari qamrab olinmoqda. Asosiy maqsadimiz, gazdan xavfsiz foydalanish qoidalari nechog‘lik zarur va muhim ekanligini har bir fuqaro bilishi zarur. Ozgina beparvolik, eʼtiborsizlik oqibatida noxush hodisalar kelib chiqishi mumkin.
Targ‘ibot tadbirlari hamkor tashkilotlar bilan birga bo‘lib o‘tmoqda.
“Hududgaz Navoiy” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati