Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Aholini tabiiy gaz bilan bir maromda taʼminlashda gaz xo‘jaligini 2023-2024 yillar kuzgi-qishgi mavsumga tayyorlash tadbirlariga ham alohida eʼtibor qaratilgan. Jumladan, “Hududgaz Navoiy” gaz taʼminoti filiali hamda shahar va tumangaz gaz taʼminoti bo‘limlari tomonidan mazkur tadbirlar doirasida belgilangan ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Xususan, Navoiy shahrida 202 ta gaz taqsimlash punktlari mavjud bo‘lib, shundan 10 donasi yuqori bosimli bo‘lsa, qolgan 192 donasi o‘rta bosimli gaz taqsimlash punktlaridan iborat. Gaz quvurlarining umumiy uzunligi 556,5 kilometrni tashkil etadi. Bugungi kunda gaz taqsimlash punktlari hamda gaz quvurlarida texnik ko‘rik ishlari davom ettirilmoqda. Bundan tashqari, “Navoiyshahargaz” gaz taʼminoti bo‘limi xodimlari tomonidan gaz quvurlari va gaz taqsimlash punktlarini taʼmirlash, ularni rekonstruksiya qilish va boshqalarni sifatli hamda o‘z vaqtida bajarilishi ko‘zda tutilgan. Jumladan, joriy yil kuzgi-qishgi mavsumda Navoiy shahri bo‘yicha 1,3 kilometr gaz quvurlari rekonstruksiya qilinadi. 157 dona gaz taqsimlash punktlarida taftish o‘tkazilishi belgilangan.
Bundan tashqari 36 kilometr yer osti gaz quvurlarining holati pribor usuli bilan tekshirilsa, 6,5 kilometr gaz quvurlarini bosim ostida zichlikka sinash va havo bosimi yordamida tozalash ishlari amalga oshiriladi. Shu bilan birga 24 kilometr gaz quvurlari estetik jihatdan tartibga keltirilib, bo‘yoqlash ishlari bajariladi.
“Hududgaz Navoiy” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati