Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Maʼlumki, gaz jihozlarining soz holatda bo‘lishi isteʼmolchi uchun xavfsiz va qulay hisoblanadi. Bu esa o‘z navbatida har bir fuqaro xonadonidagi gaz uskunalarining texnik ko‘rikdan o‘tkazib turishi lozimligini taqozo etadi. Shunga ko‘ra, “Hududgaz Navoiy” gaz taʼminoti filiali hamda shahar, tumangaz gaz taʼminoti bo‘limlari tomonidan gaz jihozlari texnik va profilaktik ko‘rikdan o‘tkazilmoqda. “Navoiyshahargaz” gaz taʼminoti bo‘limi uy ichi gaz jihozlariga servis xizmat ko‘rsatish bo‘limi xodimlari ham o‘zlariga berilgan vazifani astoydil bajarib kelishmoqda.
Maʼlumot o‘rnida keltirish joiz, Navoiy shahrida bugungi kunda 50 111 ta tabiiy gaz isteʼmolchisi bor. Shundan 10 500 tasi hovli xonadonlariga to‘g‘ri kelsa, 39 611 tasi ko‘p qavatli uylarda yashovchi isteʼmolchilardan iborat. Shaharda gaz jihozlari soni esa 6 295 tani tashkil etadi. “Navoiyshahargaz” gaz taʼminoti bo‘limining 20 nafar chilangarlari tomonidan aholi hamda ulgurji isteʼmolchilar gaz jihozlari texnik ko‘rikdan o‘tkazib kelinmoqda. Xususan, o‘tgan fevral oyida 6335 ta gaz jihozlari texnik va profilaktik ko‘rikdan o‘tkazildi.
Aytib o‘tish lozim, gaz jihozlari yiligan bir marta texnik, 3 marta esa profilaktik ko‘rikdan o‘tkazilishi belgilangan.
- Texnik va profilaktik ko‘riklar davomida aholiga gazdan xavfsiz foydalanish qoidalari ham tushuntirib o‘tilmoqda,- deydi “Navoiyshahargaz” gaz taʼminoti bo‘limi uy ichi gaz jihozlariga servis xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i Sohib Aslonov. – Mavzu yuzasidan eslatma hamda ogohlantirish xatlari topshirilyapti. Bundan tashqari, servis xizmati ko‘rsatganlik uchun elektron to‘lov dasturi joriy etilgan bo‘lib, bu ishonchli hamda qulayligi bilan fuqarolarimizga manzur kelmoqda.
Shaharning “Yangi ariq” mahalla fuqarolar yig‘inida 810 nafar tabiiy gaz isteʼmolchisi istiqomat qiladi. Joriy yilning o‘tgan ikki oyi mobaynida mahalladagi 548 ta gaz jihozlariga servis xizmat ko‘rsatildi. Texnik xizmat jarayonida aholiga gazdan oqilona foydalanish yuzasidan tavsiya va ko‘rsatmalar ham berilmoqda.
“Hududgaz Navoiy” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati