Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Qiziltepa tumanining Alisher Navoiy nomli mahallasida 728 ta tabiiy gaz iste’molchilari mavjud bo‘lib, ayni kunda ular 1909 ta gaz jihozidan foydalanishadi. "Qiziltepatumangaz" gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida mahalladagi 1364 ta gaz uskunasiga texnik xizmat ko‘rsatilgan. Olib borilgan targ‘ibot tadbirlari natijasida hududdagi 314 ta ma’nan eskirgan gaz gorelkalari zamonaviy uskunalarga almashtirilgan.
Tuman gaz ta’minoti bo‘limi ma’sul xodimlari, mahalla raisi va faollari ishtirokida isitish mavsumi oldidan iste’molchilarning gazdan foydalanish holati o‘rganilmoqda. Natijada mavsum boshidan buyon 147 ta kamchilik aniqlandi va mas’ul xodimlar tomonidan tushuntirish ishlari olib borilib, ularning 134 tasi joyida bartaraf etildi.
Shuningdek, iste’molchilarga 544 ta ogohlantirish xati va gazdan xafsiz foydalanishni targ‘ib qiluvchi 100 dan ortiq eslatma hamda bukletlar tarqatildi.
"Hududgaz Navoiy" gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati