Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Xalqning boy intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish O’zbekiston taraqqiyotining muhim sharti hisoblanadi.
Mustaqilligimizning ilk kunlaridan boshlab davlatimiz tomonidan kadrlar tayyorlash tizimiga katta ahamiyat berilib kelinmoqda. Bu borada, davlatimiz rahbari tizimda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar, aholining haqli e’tirozlariga sabab bo‘layotgan dolzarb masalalar, to‘planib qolgan muammolarni bartaraf etish vazifasini qat’iy qo‘ydi..
Vazifani amalga oshirish maqsadida davlatimizda kadrlar siyosatiga yangicha yondashuv shakllanmoqda. Bu borada, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika iste’molchilarining tabiiy va suyultirilgan gaz ta’minoti tizimining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori shunga yaqqol misol bo‘la oladi. Qarorda sohani texnologik modernizatsiya qilish, gaz tarmoqlari va taqsimlash punktlarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish, nosozliklarni operativ ravishda bartaraf etish uchun mas’ul bo‘lgan chilangarlar faoliyatini yangi bosqichga ko‘tarish belgilab qo‘yilgan.
Shu bois, “Hududgazta’minot” aksiyadorlik jamiyati, xodimlar faoliyati samaradorligini oshirish, gaz sohasining ustuvor vazifalarini bajarish, jamiyatda faoliyat yuritayotgan xodimlarning iqtisodiy va huquqiy bilimlarini chuqurlashtirish, o‘z kasbi bo‘yicha malakalarini xolis baholash, o‘ziga topshirilgan vazifalar bo‘yicha mas’uliyatini oshirish, tizimda kadrlarni oqilona tanlash maqsadida o‘z xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibini belgilab berdi. Bunga muvofiq attestatsiya majburiylik, davriylik, oshkoralik hamda xolislik prinsiplariga tayanib ish ko‘radi.
Bugungi kunda “Hududgazta’minot” AJ tizimidagi barcha gaz ta’minoti filiallarining aholi va kommunal ob’ektlarining gaz jihozlariga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarini attestatsiya sinovlaridan o‘tkazilmoqda. Xodimlarning ish faoliyati asosida, attestatsiya sinovlarida ular bilim va mahoratini aniqlash yangi formatda - gaz ta’minoti filiallarida tashkil etilgan “amaliyot maydonchalari”da amaliy mashg‘ulotlar tarzida olib borilishi belgilandi hamda barcha gaz ta’minoti filiallarida “amaliyot maydoncha”lari zaruriy texnik-uskunalar bilan jihozlandi.
Attestatsiya sinovlariga jami 2 696 nafar ishchi xodimlar tavsiya etilgan bo‘lib, hozirda gaz ta’minoti filiallarining 900 ga yaqin gaz jihozlariga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlari attestatsiya sinovlaridan o‘tkazildi. Attestasiya sinovini olib borish komissiya hulosasiga ko‘ra 80 nafar ishchi-xodimlar malaka talablariga javob beraolmasligi baholandi.
Attestatsiya jarayonlari 2022-yil avgust oyining yakuniga qadar davom etirilishi belgilangan.