Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Yurtdoshlarimizning tabiiy va suyultirilgan gazga bo‘lgan ehtiyojini o‘z vaqtida qondirish maqsadida tizimda qator islohotlar olib borilmoqda. Natijada sohaga qarashlar, asosiysi, soha xodimlariga bo‘lgan munosabatlar o‘zgaryapti. Ayniqsa, respublikamizning chekka hududlari aholisining e’tibordan chetda emasligi tizimdagi ishlarning to‘g‘ri tashkil etilayotgani, olib borilayotgan zalvorli mehnatning besamar ketmayotganligini anglatadi.
Bu boradagi ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida navbatdagi manzilimiz Surxondaryo viloyatining so‘lim Boysun tumani bo‘ldi.
Ushbu tuman o‘ziga xos tabiat va go‘zal manzaralarga ega. Tumandagi “Dug‘oba”, “Dehbola”, “O‘rmoncha” va “Xo‘jayidod” qishloqlari Termiz shahridan 230 chaqirim uzoqda joylashgan. Osmono‘par tog‘lar bag‘ridagi bu qishloqlar aholisi ham endilikda suyultirilgan gaz ballonlaridan foydalanmoqda. Qiziq tomoni ushbu manzillarga tor va yuqoriga qarab ketgan hamda jarliklardan iborat yo‘llar orqali boriladi. Har qancha qiyin bo‘lsa-da, “Boysuntumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari iste’molchilarimiz uchun o‘z vaqtida suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazishmoqda. Ushbu qishloqlarda 6 ming 167 nafar aholi istiqomat qiladi.
Inson umri uning qancha yashagani bilan emas, aksincha qilgan amallari, xayrli ishlari ila o‘lchanadi. Xalq orasida, oilada, qolaversa, mehnat jamoasida hurmat, mehr-e’tibor qozonish ham ana shunday sa’y-harakatlarga bog‘liq. Oramizda shunday insonlar borki, ularning samimiyligi, dilgirligi qalbimizga mudom quvonch bag‘ishlaydi, ularning mehnatkashligidan, ish tajribasidan o‘rnak olgimiz keladi.
Ayni kunda “Boysuntumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi chilangari Ilhom aka Normamatov ham yaqinlari va hamkasblari orasida alohida hurmatga ega insonlardan biridir.
Ilhom aka Normamatov tuman markazidan 80-90 km uzoklikda joylashga “Dug‘oba”, “Dehbola”, “O‘rmoncha” va “Xo‘jayidod” qishloqlariga tong soat 5:00 dan yo‘lga otlanadi. Garchi kish kaxratonlarida borish juda qiyin bo‘lsada maqsad iste’molchilarni gaz jixozlaridan, gaz ballonlardan xafsiz foydalanish uchun harakatda.
“Tog‘ning yo‘llarini o‘ziga yarasha qiyinchiligi bor. Bazida pastlik bo‘lsa bazi joylari yuqoriga qarab ketgan. Bu yo‘llardan velosipedda borish va yurish anchayin qiyin, lekin manzilga yetib borib iste’molchilarni gaz jixozlarini sozlab ularni kayfiyatini ko‘rib, hursatchiliklari va mamnunligini his qilsam to‘g‘risi yo‘ldagi barcha charchoqlar, qiyinchiliklarning barchasi unitiladi”-diydi- Ilhom aka Normamatov.
Jarayonlarni tasvirga olar ekanman, qishlog‘da bir kun bo‘lib o‘tgan safarimizda juda ko‘plab ajoyib insonlar bilan tanishdik. Yangi manzillarda tajribalarni o‘zimiz uchun balki siz uchun ham kashf etdik. Ularning havosi-yu hayotidan bahra oldik. Eng asosiysi ko‘z-ko‘zga tushganda qalban qanchalik yaqin ekanligimizni bildik. Qiziqdingizmi, unda oshiqmang, bizni o‘qishda davom eting.
“Yetti o‘lchab bir kes”. Qahramonimiz bu naqlga amal qilgan holda, har ishda mukamallikka, masalaga jiddiy yondashgan holda xato qilmaslikka harakat qildi. Bu xislati esa hamkasblarining unga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamladi.
– “Har bir ishda yutuqqa, samaradorlikka erishish uchun kishi, avvalo, o‘sha yo‘nalish bo‘yicha puxta bilimga, tajribaga ega bo‘lishi juda muhimdir. Izlanishdan to‘xtamaslik, yosh mutaxassislardan ham shuni talab qilish lozim. Ayniqsa, hamjihatlik, uyushqoqlik bor joyda ish yanada rivoj topadi, unumli bo‘ladi. Buni unutmaslik kerak”, - deydi qahramonimiz.
Qahramonimiz 1996 yildan beri “Boysuntumangaz” gaz ta’minoti bo‘limida turli lavozimlarda mehnat qildi. Qarib 15 yildan buyon olis qishloqlarga borib chilangarlik vazifazini bajarmoqda. Yuqoridagi qishlog‘larga safari chog‘ida bir haftalayu qolib ham ketadi. Chunki ushbu hududdagi uylar bir-biridan anqa uzoqlikda, tepalikda joylashgan. Qishlog‘ ahli Ilhom akaga qarimdoshdek bo‘lib ketgan.
Ilhom Normamatov. Bugun Boysun tumanining gaz ta’minoti sohasi vakillarining barchasi bu insonni taniydi, hurmat qiladi, yaqiniday suyadi. Boisi, Ilhom aka o‘zining mehnatkashligi, tajribasi, qolaversa, samimiyligi bilan mehr va e’tibor qozongan.
– “Vilotda endi gazlashtirish jarayonlari boshlangan jarayonlar hammasi boshqacha bo‘lgan, ba’zilar bunday imkoniyatdan xursand bo‘lsa, kimdir “portlaydigan emasmi”, deb xavotirlanar edi. Biz ularga tabiiy gazning afzalligini tushuntirardik. Xursand odamlarning ko‘tarinki kayfiyati bizni ham shod qilardi. Xalqqa qaysidir ma’noda yordam berayotganimiz, ularning og‘irini yengil qilayotganimizdan g‘ururlanardik”, - deya eslaydi Ilhom aka.
Ilhom Normamatov 1996 yildan boshlab gaz ta’minoti tizimida mehnat qilib kelayotgan bo‘lsa. U sarflangan gaz hajmini hisobga olish bo‘limida mutaxassis bo‘lib ishlagan yillar hozirgiday zamonaviy axborot kommunakasion texnologiyalar mavjud bo‘lmagan. Iste’molchilarga yetkazib berilgan tabiiy gaz hajmlarining hisob-kitobi qo‘lda yuritilgan.
Fidoyi xodim gaz xo‘jaligidan foydalanish bo‘limida usta bo‘lib ishlagan davrlarda gaz quvurlari, gaz maromlash punktlaridan foydalanishni nazorat qilish bilan mashg‘ul bo‘ldi. Kasbiga shunchaki yondashmadi, zimmasidagi vazifalarni mas’uliyat bilan ado etdi.
Yillar mobaynida Ilhom aka 20 dan ortiq shogirtlar chiqardi. Eng qizig‘i 10 nafardan ortiq shogirtalri bugun yonida yelkadosh bo‘lib gaz ta’minoti sohasida chilangar bo‘lib mehnat qilishmoqda.
Jamiyatning qator sohalari kabi gaz ta’minoti tizimining aholi va kommunal ob’ektlarining gaz jihozlariga xizmat ko‘rsatish yo‘nalishiga ham raqamli iqtisodiyotning kirib kelishi bilan bugun oldingiga nisbatan ish unumdorligi tubdan farq qilmoqda. Buni isboti sifatida, aniq natijalarga e’tibor qaratamiz.
“HGT Servicye” dasturiy ta’minotni - gaz uskunalarining holati to‘g‘risida batafsil ma’lumotlarni masofadan yig‘ish hamda har bir abonent bo‘yicha tabiiy va suyultirilgan gazdan oqilona foydalanishni nazorat qilish texnologiyasini ishlab chiqdilar.
Ushbu dastur gaz uskunalarini kundalik hayotda ishlatishda iste’molchilar xavfsizligini ta’minlashga, gaz ta’minoti tizimi xodimlari tomonidan gaz jihozlariga texnik va profilaktik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha majburiy xizmatlar sifatini baholash va o‘zaro hisob-kitoblarni naqd pulsiz amalga oshirishga qaratilgan.
Bundan ko‘zlangan maqsad, birinchi navbatda shaffoflikni ta’minlashga qaratilgan. Yillar o‘tgan sari gaz ta’minoti tizimida ilohotlar bo‘y ko‘rsatmoqda diydi Ilhom aka
Oila va ishni bir maromda olib borish qahramonimiz uchun oson kechmadi, albatta. Bunda unga turmush o‘rtog‘i Mehrinso opa Shoimova yaqindan yordam berdi, muammolariga yelka tutdi, har doim bir-birlarini qo‘llab-quvvatladi.
Ilhom aka Normamatov halol mehnati bilan 2 nafar qizini oliy ma’lumotli qildi va yana 3 nafar farzantlari 2 nafari maktabga va bir nafari boxcha tarbiyalanuvchisi. Oilasida 5 nafar farzandining mehribon dadasi va 1 nafar nevaraning qadrli bobojonisi bo‘lgan, umrining salkam 27 yilini gaz ta’minoti sohasiga bag‘ishlagan Ilhom aka Normamatov bahor ayyomi va yaqinlashib kelayotgan “Navro‘z” umumxalq bayrami bilan barcha vatandoshlarimizni tabriklaydi.
“Hududgaz Surxondaryo” gaz ta‘minoti filiali matbuot xizmati