Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filialining barcha shahar va tuman gaz ta’minoti bo‘limlari tomonidan har bir tashkilot va korxonada, aholi xonadonlarida energiya tejamkor gaz uskunalarining afzalligi va xavfsizligi borasida keng ko‘lamli targ‘ibot tadbirlari olib borilyapti.
Birgina “Namangan shahargaz“ gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan tabiiy gazdan oqilona va xavfsiz foydalanish, ma’nan eskirgan gaz jihozlarini zamonaviy tejamkor gaz jihozlariga almashtirish borasida olib borilgan targ‘ibot-tashviqot ishlari davomida yil boshidan ayni vaqtga qadar aholi xonadonlaridagi 2133 ta nostandart gaz uskunalari zamonaviy, tejamkor uskunalarga almashtirildi.
Ta’kidlash joiz, zamonaviy gaz jihozlaridan foydalanish tabiiy gazni iqtisod qilish bilan bir qatorda, yong‘in hamda is gazidan zaharlanish kabi noxush holatlar sodir bo‘lishini oldini olishga ham xizmat qiladi.
“Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati