Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Toshkent viloyati hududining aholi turar- joylarida fuqarolarning is gazidan zaharlanishi va nobud boʻlishini oldini olish, aholi turar-joylarining yongʻinga qarshi holatini oʻrganishni tashkil etish, fuqarolar bilan targʻibot-tashviqot ishlarini oʻtkazish maqsadida "Hududgaz Toshkent" gaz taʼminoti filiali tasarrufidagi barcha tuman va shahar boʻlimlari tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Mahalla, taʼlim, korxona va tashkilotlarida targʻibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish maqsadida ishchi guruhlar tuzildi.
Ishchi guruh aʼzolari yetarli miqdorda targʻibot materiallari bilan taʼminlangan.
"Hududgaz Toshkent" gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati