Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
"Hududgaz Toshkent" gaz taʼminoti filiali tasarrufidagi tuman va shahar gaz taʼminoti hamda hududiy Favqulodda vaziyatlar boʻlimlari xodimlari hamkorlikda, uylarda gazdan oqilona hamda xavfsiz foydalanish, is gazidan zaharlanish, gaz va havo aralashmasi chaqnash holatlarini oldini olish boʻyicha koʻp qavatli uylarda targʻibot ishlarini olib borishmoqda. Xodimlar tomonidan tekshiruvlar davomida aholi xonadonlarida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tushuntirish ishlari va texnik talablarga javob bermaydigan gaz isitish jihozlari tarmoqdan uzilmoqda.
"Hududgaz Toshkent" gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati