Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filialida “Hududgazta’minot” AJ ning tegishli buyruq-qarorlarining ijrosini ta’minlash maqsadida xodimlarining kasbiy mahorati, ish samaradorligi va bilim saviyasi, lavozimiga muvofiqligi hamda malaka darajasini aniqlash maqsadida, filialining aholi va kommunal ob’ektlarining gaz jihozlariga xizmat ko’rsatuvchi chilanganlari attestatsiya sinovlaridan o’tkazilmoqda.
Attestatsiya jarayonlari iste’molchilarga tabiiy va suyultirilgan gazni barqaror hamda uzluksiz etkazib berilishiga ta’sir etmagan holda 1 avgustdan – 31 avgust kuniga qadar bosqichma-bosqich tuman va shahar gaz ta'minoti bo'limlarida o’tkazish belgilangan.
“Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati