Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Bugungi kunda Xonqa tuman gaz ta’minoti bo’limi tomonidan tumanning 17 400 ta aholi va 469 ta ulgurji iste’molchilariga tabiiy gaz yetkazib berilmoqda.
2022-2023-yil kuz-qish mavsumida tabiiy gaz iste'molchilarini tabiiy gaz bilan uzluksiz ta'minlash maqsadida 2 ta yuqori bosimli gaz taqsimlash moslamalari mukammal ta'mirlandi, mavjud 670 ta gaz taqsimlash moslamalarida taftish-sozlash ishlari bajarilmoqda. 36.5 km gaz quvurlarini havo bosimi ostida mustahkamlik va zichlikka sinash, 55.2 km yer osti gaz quvurlarini maxsus asboblar yordamida tekshirish va 6.9 km gaz quvurlarida bo‘yoqlash ishlari amalga oshirilmoqda.
“Hududgaz Xorazm” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati