Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Hududgaz Navoiy” gaz ta’minoti filiali tomonidan korrupsiyaning har qanday ko‘rinishlari bo‘yicha murojaatlarni maxsus (79) 225-60-50 raqamli “ishonch telefoni” orqali qabul qilish tizimi yo‘lga qo‘yilgan.
Mazkur ishonch telefoni murojaatlarni kechayu kunduz qabul qilib olish, qo‘ng‘iroq qiluvchining raqamini aniqlash va so‘zlashuvlarni avtomatik ravishda yozib olish imkoniyatiga ega. Har qanday holatda murojaatchi haqidagi ma’lumotlar sir saqlanadi va oshkor etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Filial va uning shahar hamda tuman gaz ta’minoti bo‘limlari xodimlarining korrupsiya bilan bog‘liq huquqbuzarliklar sodir qilinganligi to‘g‘risidagi jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari Moddiy resurslardan oqilona foydalanish va korrupsiyaga qarshi siyosatni amalga oshirish bo‘limi tomonidan nazorat qilinadi.
Mazkur faoliyat yo‘nalishi O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni asosida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan.
Bu orqali korrupsion xavf-xatarlarni o‘z vaqtida aniqlash va chek qo‘yish, uning oqibatlarini, imkon beruvchi sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etishga erishiladi.
“Hududgaz Navoiy” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati