Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Avval xabar berganimizdek, poytaxtimiz aholisi kundan-kunga ko’paymoqda. Natijada, yangi binolar qad rostlamoqda. Har bir iste’molchi xonadoniga sifatli, bir me’yorda, tabiiy gaz yetib borishini ta’minlash esa muhim vazifa sanaladi. 2022-2023-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari poytaxtimizning barcha mahallalarida davom etmoqda. Gaz taqsimlash qurilmalari, gaz quvurlari ta’mirlanib, bo’yoqlanmoqda. Ma’nan eskirgan gaz taqsimlash qurilmalari yangisiga almashtirilmoqda. Jumladan, yangi qad rostlayotgan ko’p qavatli uylarni gazlashtirish hozirgi kundagi asosiy vazifalardan biri sanaladi. Inson qadri baland bo’lishi uchun poydevori mustahkam islohotlar zarur va bu borada Toshkent shahrida ham allaqachon amaliy ishlar boshlab yuborilgan. Poytaxtimizdagi 650 mingdan ortiq tabiiy gaz iste’molchilarning xonadoniga bir maromda, uzluksiz, sifatli tabiiy gaz yetib borishi uchun filial xodimlari har qanday ob-havoda mehnat qiladilar. Aynan hozir jazirama issiqda kuz-qish mavsumi uchun rejali ta’mirlash ishlarini amalga oshirmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-dekabrdagi “Yangi O‘zbekiston” massivlarini qurish va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-32 farmoniga asosan Sergeli tumani “Alisher Navoiy” mavzesi, Toshkent avtomobil xalqa yo‘li bo‘yida “Yangi O‘zbekiston” massivini qurish bo'yicha aniq vazifalar belgilab olingan edi. Tashqi gaz tarmoqlarini qurish ishlari esa “Hududgaz Poytaxt”gaz ta’minoti filiali qoshidagi Qurilish-montaj boshqarmasi tomonidan amalga oshrish rejalashtirilgan bo'lib, hozirda yuqori bosim D-159 mmli gaz tarmog’ini 60 metr joydan tortib kelish ishlari amalga oshirilmoqda. Joriy yilning 10-iyuliga qadar ishlar to‘liq yakunlanishi rejalashtirilgan. Bugun “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali bosh muhandisi X. Onorbayev ushbu massivda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlarini ko’zdan kechirdi. Aniqlangan kamchiliklar bo’yicha mas’ullarga kerakli ko’rsatmalarni berdi.
Gaz ta’minotida yo’l qo’yilgan kichik bir xatoyam ko’pchilik insonlarning hayotini xavf ostida qoldirishi mumkin. Bugun tortilayotgan gaz quvurlari ko’p yillar davomida xalqimizning xonadonida tabiiy gaz yonib turishi uchun xizmat qiladi.
“Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati