Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
"Tabiiy gaz nazorati va hisobini yuritishning avtomatlashtirilgan tizimi" loyihasini joriy etish bo‘yicha shu kunga qadar Toshkent shahrida 235 642 dona “aqlli” gaz hisoblash uskunalari aholi xonadonlariga bepul o‘rnatib berildi. Yanvar-iyun oylari davomida iste’molchilar xonadoniga 72 167 ta hisobdon o’rnatilgan. Iyul oyining bugungi sanasiga qadar esa 3830 ta hisoblagich o’rnatilgan. Hozirda barcha tumanlarda hisoblagichni o’rnatish ishlari davom etmoqda. Poytaxtimizda asosan yerlik aholi xonadonlariga o’rnatilmoqda. Bu ko’rsatkich bugungi holat bo’yicha 85% ni tashkil qilmoqda. Ko’p qavatli uylarga o’rnatish ko’rsatkichi esa 17 % ni tashkil etyapti. “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filialining tuman gaz bo’limlari rahbarlari boshchiligida ish unumdorligini yanada oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bugungi kunga qadar o’rnatilgan “aqlli” gaz hisoblagichlarning har biri tabiiy gaz nazorati va hisobini yuritishning avtomatlashtirilgan tizimiga ulangan. “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filialining mutaxassislari mazkur tizim orqali har bir iste’molchi kesimida tabiiy gaz iste’moli hajmi, to‘lovning amalga oshirilishi, “zangori” yoqilg‘ini yetkazib berishni to‘xtatib turish va qayta tiklash to‘g‘risida kunlik aniq ma’lumotlarni oladilar.
Ushbu o’rnatilayotgan “aqlli” gaz hisoblagichlar iste’molchilar manfaatiga xizmat qilishi tabiiydir. Sohani raqamlashtirish va unga eng ilg‘or texnologiyalarni joriy etilishiga qaramasdan, gaz hisoblash uskunalaridan foydalanish talablarini buzish va iste’molchilar tomonidan ularning ishlashiga tashqi ta’sir ko’rsatish holatlari ham kuzatilmoqda.
Kecha poytaxtimizdagi 461 ta xonadonga “aqlli” gaz hisoblagich belgilangan tartibda o’rnatildi.
Jumladan,
Mirobod tumani–25 dona
Mirzo Ulug’bek tumani –54 dona
Chilonzor tumani–18 dona
Yashnobod tumani–64 dona
Yakkasaroy tumani–5 dona
Shayxontohur tumani–50 dona
Yunusobod tumani–80 dona
Olmazor tumani–40 dona
Sergeli tumani–27dona
Uchtepa tumani–38 dona
Bektemir tumani–21 dona
Yangihayot tumani–39 dona hisoblagich o‘rnatilgan.
“Hududgaz Poytaxt” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati