Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Xonadonimizga gaz ta’minoti xodimlari tashabbusi bilan o’rnatilgan zamonaviy hisoblagich sabab bugungi kunda noreal qarzdorlik yuzaga kelmayapti. Foydalangan tabiiy gaz uchun vaqtida to’lov qilyapmiz, tejamkorlikni o’rgandik”, - deydi Yunusobodning “Islomobod” mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi iste’molchimiz Shahnoza Ro’zmetova.
Darhaqiqat, o’z nomi bilan “aqlli” deya nomlanuvchi hisoblagich aholining to’lov intizomini shakllantirish barobarida tabiiy gazdan oqilona va to’g’ri foydalanishga boshladi. Qaysi bir fuqaro bilan shu haqida suhbatlashsangiz aksariyati qarzdorlik ko’rsatkichlarining kamayganligini, muhimi, tejamkorlikka o’rganib qolganligini ta’kidlaydi. Aslida ham shunday. Bu tizim orqali tabiiy gaz sarfi inson omilisiz avtomatik ravishda hisoblanib, aholining to’lov madaniyatini rivojlantiradi, ogohlikka chaqiradi.
Bugun Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi tabiiy gaz iste’molchilarning 242 260 nafardan ortig'ining xonadoniga hisoblagich o’rnatildi. Hozirda yerlik aholi xonadonlarga o'rnatish ishlarini sentabr oyining oxiriga qadar yakunlash bo’yicha poytaxtimizda barcha imkoniyatlardan samarali foydalanilmoqda. Birinchi navbatda yerlik aholi xonadonlariga o’rnatilishi rejalashtirilishidan maqsad, gaz sarfini nazoratga olish. Ko’p qavatli uylardagi fuqarolarimizning ancha qismi gazdan taom tayyorlash maqsadida foydalansa, hovlida yashaydigan iste’molchilar kuz-qish mavsumida uyni isitish maqsadida foydalanadi. Bundan tashqari suv isitish qozonlari doimo ishlab turadi, shu jihatlarini e’tiborga olib, ta’minotchi hamda iste’molchi o’rtasida ziddiyatli vaziyatlar yuzaga kelmasligi uchun ham "online rejimda" ishlaydigan hisoblagichlar iste’molchilar xonadoniga bepul o’rnatilmoqda. Yerlik aholi xonadonlarga o’rnatish bo’yicha Bektemir tumanida ish o’z nihoyasiga yetgan. Yangihayot, Sergeli, Chilonzor, Yakkasaroy tumanlarida ham tez kunlarda ishlar yakuniga yetishi rejalashtirilmoqda.
Tahlil qilar ekanmiz, xonadon egalari ushbu o’rnatilayotgan hisoblagichdan mamnunligi yaqqol namoyon bo’lmoqda. Qonunda belgilangan tartibda gazdan foydalanish har bir iste’molchi oldidagi burchi sanaladi. Biroq, hozirgi kunda ham gazga o’rnatilgan hisoblagichlarga tashqi ta’sir ko’rsatib, noqonuniy foydalanish kabi holatlar ham bir-bir ko’zga tashlanmoqda. Qonunda belgilangan tartibda dalolatnoma rasmiylashtirilib, gaz tarmog’idan vaqtincha uzilmoqda. Bu bo’yicha mutaxassislar o’zlarining tushuntirishlarini olib borar ekan, avvalo, qarzdorlik to’lovini vaqtida amalga oshirish lozimligi, hisoblagichning butlovchi qismlariga aslo zarar yetkazmaslik zarurligi yana bir bor ta’kidlab o'tilyapti.
Poytaxtimizda xonadonlarga hisoblagich o’rnatilishi bo’yicha ish qizg'in davom etmoqda.
“Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati