Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Dunyo ekspertlari tomonidan raqamli iqtisodiyotga – “korrupsiya kushandasi” deya ta’rif beriladi. Darhaqiqat, iqtisodiyotda raqamli texnologiyalardan foydalanish, davlat xizmatlari tizimini rivojlantirishga va xizmat sifatini yaxshilashga, shuningdek, ularning ochiqligi va samaradorligini ta’minlashga, ishbilarmonlik muhitining shaffofligini oshirishga xizmat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-iyuldagi “Iqtisodiyot va aholini energiya manbalari bilan barqaror ta’minlash, neft va gaz sanoatini boshqarish tizimini moliyaviy sog‘lomlashtirish va takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq mamlakatimizda “Hududgazta’minot” AJ tomonidan barcha toifadagi iste’molchilar uchun tabiiy gazni boshqarish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimi joriy etilmoqda.
Ayni kunlarda joylarda aholi va ulgurji iste’molchilarga “aqlli” hisoblagichlar o‘rnatish bilan bir qatorda “Hududgazta’minot” AJ ning 2022-yil 6-iyundagi “Tabiiy gaz balans ko‘rsatkichlarini shakllantirish jarayonlarini avtomatlashtirish orqali ishlarni yanada jadallashtirish hamda faoliyat samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga asosan, Samarqand viloyatidagi tumanlar hududlarga bo‘linib, zamonaviy elektron hisoblagichlar o‘rnatilmoqda.
Samarqand viloyatining 16 ta tuman-shaharlari 80 ta hududlarga bo‘linib 167 ta hisoblagichlar o‘rnatiladi. Jumladan, Samarqand shahri -11 ta, Kattaqo‘rg‘on shahar - 4 ta, Oqdaryo tumani- 5 ta, Bulung‘ur tumani- 4 ta, Jomboy tumani- 4 ta, Ishtixon tumani - 4 ta, Kattaqo‘rg‘on tuman -6 ta, Narpay tumani- 3 ta, Nurobod tumani- 4ta, Payariq tumani - 6 ta, Pastdarg‘om tumani- 6ta, Paxtachi tumani- 6 ta, Samarqand tumani -7 ta, Toyloq tumani -3 ta, Urgut tumani - 4 ta, Qo‘shrabot tumani esa, 3 ta hududlarga bo‘lindi. Bugungacha hududlarga 150 ta zamonaviy elektron hisoblagichlari o‘rnatildi.
“Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati