Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali “Qo‘shrabotumangaz” bo‘limi tumanning 45 ta mahallalardagi 21 154 ta aholi va 20 ta (ijtimoiy soha ob'yektlari)ga xizmat ko‘rsatadi.
O‘tgan 8 oy davomida tumandagi iste’molchilarga 2055,6 tonna suyultirilgan gaz mahsuloti yetkazib berildi.
Aholini suyultirilgan gazga bo‘lgan ehtiyojini o‘z vaqtida qondirish maqsadida, tumanda 5 ta “ISUZU” avtoulovi shuningdek, qo‘shimcha 1 ta ZIL rusumli avtomashinalar ham jalb etilgan. Bugun suyultirilgan gaz mahsulotini yetkazib berishda aholi xonadonlari 23 407 dona maishiy gaz ballonlaridan foydalanadi.
Har kuni tumanning 3 ta mahallalarida yashovchi iste’molchilarga 712 ta maishiy gaz ballonlarda 14,2 tonna suyultirilgan gaz mahsulotlari yetkazib berilmoqda.
Mazkur jarayonlarda filialning 6 nafar ishchi-xodimlari mehnat qilishyapti.
“Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati