Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-yanvarda qabul qilingan “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 22-sonli qaroriga ko‘ra, gaz ta’minoti tashkiloti tomonidan tasdiqlagan jadvallar va tariflar bo‘yicha iste’molchilarning ichki gaz tarmoqlari va “zangori olov”dan foydalanish uskunalariga profilaktik xizmat ko‘rsatiladi.
Bunda, ko‘p qavatli turar joylardagi gaz plitalar, boshqa gaz uskunalari mavjud bo‘lmaganda - ikki yilda bir marta, turar joylardagi gaz plitalari, isitish, suv isitish uskunalari - yilda bir marta va har bir isitish mavsumi boshlanishidan avval mutaxassis ko‘rigidan o‘tkazish majburiy qilib belgilab qo‘yilgan. Bu gaz tarmoqlarida uchraydigan turli avariyalar va ko‘ngilsiz talofatlarning oldini olishga xizmat qiladi.
Ayni kunlarda Samarqand viloyatining barcha tumanlarida tasdiqlagan jadvallar va tariflar bo‘yicha iste’molchilarning ichki gaz tarmoqlari va “zangori olov”dan foydalanish uskunalariga karantin qoidalariga rioya qilgan holda profilaktik xizmatlar ko‘rsatilmoqda. Bir yilda bir marotaba texnik ko‘rikdan o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad aholi xavfsizligini ta’minlash hamda gaz jihozlarini soz holda ishlatish texnika xafvsizlik qoidalariga rioya qilish demakdir.
Ishtixon tumanida 9245 ta aholi xonadoni, 118 ta ulgurji iste’molchilari tabiiy gazdan foydalanadi. Aholi xonadonlarida umumiy hisobda 27253 dona, ulgurji iste’molchilarida esa 208 ta gaz jihozlari mavjud. “Ishtixontumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan yil boshidan ayni bugungi kunga qadar 17708 ta aholi xonadonlaridagi va 49 ta ulgurji iste’molchilarning gaz jihozlariga xizmat ko‘rsatildi.
“Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati