Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Biz ayol kishining matonati, irodasi haqida ko‘plab filmlar ko‘rganmiz, eshitganmiz yoxud o‘qiganmiz, ularni o‘zimizdan qandaydir uzoqda, olisroqda tasavvur qilamiz. Ammo bundaylar juda yaqinimizda, balki oramizda ekanini ba’zan sezmay ham qolamiz. Shunday ayollar borki, ular qalbi nozik bo'lsa-da aslida erkaklardan qolishmaydigan mehnatsevarliklari bor.
Albatta, ayol qaysi sohada, qaysi lavozimda ishlamasin, u oilada munosib turmush o‘rtoq, mehribon ona, oila bekasi – oddiy ayol hisoblanadi.
Bizning bugungi qahramonimiz ham 24 yildan beri gaz ta’minoti sohasida oddiy lavozimlarda faoliyat yuritib kelayotgan Shahnoza opa Djo'rayeva bo‘ladi. Shahnoza opa juda tirishqoq va tashabbuskorligi bilan hamkasblaridan ajralib turadi. Qo'lidan kelmaydigan ishning o'zi yo'q. Kerak bo'lsa, ko'rib turganimizdek, payvandlash ishlarini ham bajarishi mumkin.
“Hududgaz Surxondaryo” gaz ta‘minoti filiali matbuot xizmati