Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Aholini uzluksiz ravishda tabiiy va suyultirilgan gaz bilan ta’minlash soha xodimlarining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Shu boisdan ham “Hududgaz Surxondaryo” gaz ta‘minoti filiali tomonidan aholining “zangori yoqilg‘i” bilan barqarorligini ta’minlashga asosiy e’tibor qaratilgan.
Ayni paytda “Hududgaz Surxondaryo” gaz ta‘minoti filiali tomonidan gaz ta’minotini yaxshilash choralari ko‘rilib, eskicha usulda ishlashning har qanday shakllaridan to‘laligicha voz kechilmoqda.
Jumladan, aholiga suyultirilgan hamda tabiiy gazni o‘z vaqtida yetkazib berish, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish, gaz quvurlarini mukammal ta’mirlash ishlarini muddatida bajarish va gaz taqsimlash punktlarini doimiy nazorat qilishga katta ahamiyat qaratilmoqda. Bu borada amalga oshirilayotgan ishlarning eng samaralisi Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan "Obod qishloq", "Obod mahalla", "Obod markaz" dasturlari ijrosini ta’minlashdagi xizmatlardir.
Xususan, dasturga kiritilgan hududlarda tabiiy hamda suyultirilgan gaz ta’minotini yaxshilash bo‘yicha bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Unga muvofiq, o‘tgan 2021-yilda chekka hududlardagi xonadonlar, ijtimoiy va iqtisodiy ob’yektlar ro‘yxati shakllantirilib, belgilangan chora-tadbirlarga muvofiq gaz ta’minoti uzluksizligini ta’minlashga erishilmoqda. Bundan tashqari, tabiiy gaz ta’minotini yaxshilash uchun gaz quvurlarini ta’mirlash, gaz quvurlarini bosim ostida sinash va gaz taqsimlash punktini texnik taftishdan o‘tkazish hamda gaz quvurlarini bo‘yash ishlari rejalashtirildi. Mazkur ishlar joriy yilda ham amalga oshirilmoqda.
Jamiyatining barcha ishchi xodimlari gaz iste’molchilariga "zangori olov" ni yetkazib berishi uchun tinim bilmay harakat qilishmoqda. Viloyat aholi xonadonlari uchun 2022-2023-yillar kuz va qish mavsumiga 40 ming 403 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berilishi rejalashtiririlmoqda.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, aholiga uzluksiz tabiiy va suyultirilgan gaz yetkazib berish, ularga qulaylik yaratish, bu boradagi muammolarini bartaraf etish gaz ta’minoti filiali xodimlarining asosiy vazifalaridan biri. Kelgusida filial jamoasi bu borada amalga oshirlayotgan ishlar ko‘lamini yanada yaxshilash barobarida, voha qiyofasini tubdan yangilashga, aholining turmush madaniyatini yuksaltirishga bel bog‘lashgan. Buning uchun barcha imkoniyatlar ishga solingan.
“Hududgaz Surxondaryo” gaz ta‘minoti filiali matbuot xizmati