Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
"Termizshahargaz" gaz ta’minoti bo‘limi hamda Surxindaryo viloyati Favqulotda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda joylarda is gazidan zaharlanishning oldini olish, gaz jihozlaridan to‘g‘ri foydalanish maqsadida targ‘ibot tadbiri olib borilmoqda. Navbatdagi manzil Termiz shahrida joylashgan “Markaziy bozor”da gazdan xavfsiz foydalanish buyicha tushuntirish olib borildi.
"Har qanday noxush holatlarning oldini olinishida doim mas’ul bo‘lishimiz hamda fuqarolarni ogohlikka da’vat etishimiz shart. O‘zaro hamkorlar bilan birgalikda joylarda bo‘lib, nafaqat is gazidan zaharlanishning oldini olish, balki uy ichi gaz jihozlarining ham sozligini ta’minlashda har birimiz mas’ul ekanligimiz tushuntirildi. Bu to‘g‘rida xonadon egalariga flayerlar, bukletlar tarqatilib kelinmoqda”.
"Hududgaz Surxondaryo" gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati