Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
2022-2023-yillar kuz va qish mavsumiga 40 ming 403 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berilishi rejalashtiririlmoqda, 2022-yilning sentabr oyining birinchi o’n kunligida 4531 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berilgan.
Bu jarayonda albatta gaz to‘ldirish shahobchalari muhim ahamiyatga ega.
Bugun viloyatda 7 ta ana shunday shahobchalar bo‘lib, ularning oylik gaz to‘ldirish quvvati 7 ming 800 tonnani, gaz saqlash quvvati esa 1 ming 270 tonnani tashkil etadi. Shulardan biri Jarqo‘rg‘on tumanida joylashgan. Ushbu shaxobcha mazkur tumandan tashqari Termiz shahri, Termiz va Angor tumanlariga xizmat ko‘rsatadi. Ma’lumot o‘rnida aytish kerak, 16 nafar mutaxassis faoliyat yuritayotgan shaxobchada bir kunda 35-40 tonna, bir oyda esa 700-720 tonna suyultirilgan gaz to‘ldiriladi. Bu gaz ballon hisobida 19 ming 805 tani tashkil etadi. O‘tgan 2021-yili mazkur shaxobchada 1 dona kompressor va 1 dona nasos o‘rnatilganligi gaz to‘ldirish quvvatini oshirish bilan birga aholiga tezkor xizmat ko‘rsatishni ham ta’minlamoqda.
"Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati