Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Mamlakatimizda xalqimiz farovonligini yuksaltirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu aholini sifatli uy-joy bilan ta’minlash, zamonaviy ijtimoiy infratuzilma, yo‘l-transport kommunikasiyasi barpo etish, kommunal xizmat ko‘rsatishni sifat jihatidan yanada yaxshilash borasida davlat dasturlari asosida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar samarasida o‘z ifodasini topmoqda.
Joylarda tabiiy gaz, elektr energiyasi, ichimlik suvi ta’minoti tizimida odamlarni qiynayotgan muammolar hamon borligi hech kimga sir emas. Albatta, yillar davomida to‘planib qolgan, vaqt, mehnat va mablag‘ talab etadigan bunday muammolarni bartaraf etish bo‘yicha izchil choralar ko‘rilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yilning 1-2-iyun kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlarida “Termiz” erkin iqtisodiy zonasi va Termiz shahri iste’molchilarini tabiiy gaz bilan ta‘minlash uchun Angor tumani “Bahor” mahallasi hududida joylashgan “Qoraqir” AGRSdan kesimi d-219 mm bo‘lgan jami 38,9 km yuqori bosimli gaz tarmog‘i qurilishini ta’minlash ishlari jaddalik bilan olib borilmoqda. Ushbu loyihaga maxsus texnikalar ham jalb qilibgan.
Hozirgi kunga qadar ushbu ob’yektda “Hududgaz Surxondaryo” gaz ta'minoti filialining mashina-mexanizm hamda qurilish montaj boshqarmasi ishchi xodimlari kuchi bilan L-27 km.dan ziyod quvurlarning qurilishi amalga oshirildi.
Loyiha yakunida 10 mingga yaqin aholi va ijtimoiy soha, iqtisodiyot tarmoqlarining tabiiy gaz ta’minotini yaxshilanishiga erishilishi mumkin.
"Hududgaz Surxondaryo" gaz ta’minot filiali matbuot xizmati