Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Jarqo'rg'on tumani Kakaydi qo‘rg‘onida joylashgan Xarbiy qismda “Hududgaz Surxondaryo” gaz ta'minoti filiali xonadonlari iste’molchilarimizga avtomatlashtirilgan zamonaviy gorelkalarni tavsiya etadi.
Endilikda siz so‘nggi texnologiyalar yordamida ishlaydigan maxsus qurilmalarni xarid qilib, xavfsiz isitish tizimini ta’minlash imkoniga egasiz. Shuningdek, gorelkalar tugmalar orqali boshqariladi. Ularni yoqish uchun gugurt bilan chaqib, yondirishga hojat qolmaydi.
Gorelkalar maishiy hayotda nimaga kerak?
-Zamonaviy gorelkalarda yangi texnologiya va ishlanmalar mavjud bo‘lib, ular tabiiy gaz yonishini maksimum darajada oshirishga yordam beradi;
-Bu qurilmalarni o‘rnatish va joyidan ko‘chirish juda oson. Ortiqcha ovoragarchiliklarga esa hojat qolmaydi;
-Uzoq muddatgacha chidamlilik hamda ishonchli sifat;
-Gorelkalar sanitar-gigiyena qoidalariga javob beradi.
Shuningdek, ular ortiqcha shovqin-suronsiz ishlaydi.
Qurilmalarning yana bir ajralib turuvchi jihati, ular - chidamli, hamyonbop va avtomatlashtirilgandir.
Eslatma: Uyda gaz o‘chib qolganidan 1 daqiqa o‘tgach, gorelkaning yong‘in xavfsizligi klapani avtomatik tarzda yopiladi. Shu bilan birga, gaz qaytib kelganida, atrofga gaz isi chiqmaydi. Xonadon egasi 40-50 foizgacha gazni tejab qolishi mumkin.
Yana bir muhim narsa: Ko‘pchilik xonadondagi eski suv isitish qozonlarini butunlay yangilash kerakligini o‘ylab, xavotir olishadi. Biroq bunga hojat yo‘q. Uzoq yillar davomida ishlatib kelinayotgan suv isitish qozoni (kotyol)ni olib tashlab, yangi import qurilmalarni o‘rnatish shart emas. Shunchaki uning yuza qismini yangi avtomatlashtirilgan gorelkaga almashtirish kifoya. Agar harorat to‘g‘ri belgilansa, suv ma’lum bir darajaga yetganda o‘chadi, sovigandan keyin esa yana yonadi.
Avtomatlashtirilgan zamonaviy gorelkalardan foydalangan xolda xonadoningiz uchun qulaylik va shinamlik muhitini yarating.
“Hududgaz Surxondaryo” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati