Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Mutaxassislarning fikricha, ushbu zamonaviy energiya tejamkor gaz yondirgichlari foydalanilgan tabiiy gazni taxminan 20-25 foizga iqtisod qilish orqali oila budjetini ortiqcha xarajatdan xalos etadi. Eng muhimi, u xavfsiz bo‘lib, bosim pasayib ko‘tarilishi oqibatida gaz uzatish tarmoqlarida uzilishlar bo‘lganda, avtomatik tarzda o‘chib, gaz o‘tkazishni to‘xtatadi va iste’molchi uskunani yoqqandagina qayta yonadi.
Energiya tejovchi gaz uskunlari tabiiy gazdan oqilona foydalanishda muhim ahamiyat kasb etadi. Tejamkorlik oila budjetiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatib, ortiqcha sarf-xarajatlarning oldi olinadi. Aholi xonadonlarining qozonxonalaridagi (ma’nan eskirgan, qo‘lbola) yondirgichlar (gorelkalar) zamonaviy issiqlikni avtomatik ravishda boshqaruvchi gaz yondirgichlariga almashtirilayotganligi xavfsizlik nuqtai-nazardan ham ahamiyatlidir.
"Hududgaz Surxondaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati