Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filiali direktorining o‘rinbosari I.Mamadjanov tomonidan Uchqo‘rg‘on tumanining “Shahrixonchek” mahallasida sayyor qabul tashkil etildi.
Hozirda ushbu mahalla hududida yashovchi aholi xonadonlariga “Uchqo‘rg‘on tumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan suyultirilgan gaz yetkazib berilmoqda.
Uchrashuv avvalida is gazidan zaharlanish, gaz-havo aralashmasining chaqnashi kabi baxtsiz hodisalarni oldini olish, suyultirilgan gazdan oqilona va xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda foydalanish bo’yicha aholiga tushuntirishlar berildi.
"Shahrixonchek" MFY raisi J.Alimov hozirgi kunda mahalla hududidagi xonadonlarni suyultirilgan gaz bilan uzluksiz ravishda ta’minlanib kelinayotganligini aytib, “Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filiali rahbariyati va mas'ul xodimlariga mahalla ahli nomidan minnatdorchilik bildirdi.
Ochiq va samimiy tarzda o’tgan muloqot davomida aholidan 6 ta murojaat kelib tushdi. Mazkur murojaatlar nazoratga olinib, o‘rganib chiqish uchun mutaxassislarga yo‘naltirildi.
“Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati