Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Gaz ta’minoti tizimida soha mutaxassislarining kasb mahorati va malakasini oshirish bo‘yicha muntazam ravishda maxsus taktik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazib kelinmoqda.
Navbatdagi tadbir "Hududgaz Namangan" gaz ta’minoti filialining Pop tumanida joylashgan suyultirilgan gaz to‘ldirish shahobchasida tashkil etildi.
Ta’kidlash joiz, gaz maishiy turmushda nechog‘lik zarur bo‘lmasin, undan ehtiyotkorlik bilan foydalanish muhim hisoblanadi. Sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan baxtsiz hodisalarda esa kerakli choralarni ko‘rish talab etiladi.
Taktik o‘quv mashg‘ulotlari davomida mazkur shahobchada faoliyat yuritayotgan 16 nafar ishchi-xodimlar favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganida qanday yo‘l tutishi lozimligi yana bir bora sinovdan o‘tkazildi.
Unda favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruv bo‘linmasi, yong‘inga qarshi kurashish va tez tibbiy yordam xizmatlari xodimlari tomonidan shartli ravishda yuzaga kelgan favqulodda holatlarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy harakatlar namoyish etildi.
Favqulodda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘inlarni bartaraf etish, ishchi xodimlar va fuqarolarni evakuatsiya qilish hamda shaxsiy tarkibning jangovor tayyorgarligi va kasb mahoratini oshirishda bu kabi amaliy mashg‘ulotlarning ahamiyati katta.