Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
«Hududgaz Namangan» gaz ta’minoti filiali tomonidan iste’molchilarga kuz-qish mavsumida suyultirilgan gazni bir maromda yetkazib berish borasida ish tashkil etilmoqda.
Bu bo'yicha viloyatning shahar va tumanlarida “Mahallabay” ishlash mexanizmi joriy etilgan bo‘lib, unda har bir mahalla ko‘chalarini kunlik suyultirilgan gaz bilan ta’minlash choralari ko‘rilmoqda.
2022 yil 1-21 noyabr kunlari ishlab chiqaruvchi zavodlardan vagon-sisternalar orqali keltirilgan 4880 tonna suyultirilgan gaz 215878 nafar iste’molchiga yetkazib berildi.
Jumladan, 21 noyabr kuni 12480 nafar iste’molchi tasdiqlangan jadvalga asosan “ID” karta orqali 250 tonna suyultirilgan gaz bilan ta’minlandi.
Ma’lumot uchun, 1 kg suyultirilgan gaz narxi 1120 so‘m bo‘lib, bir dona 20 kg maishiy gaz ballondagi suyultirilgan gaz iste’molchilarga 22400 so‘mdan yetkazilmoqda.
Aholining kundalik iste’mol ehtiyojlarini qondirish borasidagi sa’y-harakatlar suyultirilgan gaz tizimi ishchi-xodimlari tomonidan muntazam ravishda davom ettirilmoqda.