Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Ma’lumki, kuz-qish mavsumida havo haroratining keskin pasayib ketishi bilan fuqarolar tomonidan xonadonlarni isitish maqsadida turli xildagi yoqilg‘i mahsulotlari, har xil turdagi isitish va gaz uskunalaridan foydalanishga bo‘lgan ehtiyoj kundan-kunga oshib boradi.
Bu esa, o‘z navbatida, yong‘in va texnika xavfsizligi qoidalari talablarining buzilishi natijasida xonadonlarda tabiiy gaz va havo aralashmasining chaqnashiga, fuqarolarning is gazlaridan zaharlanib qolish ehtimoli oshishiga olib kelishi mumkin. Bu kabi ko‘ngilsiz holatlarni oldini olishda aholi o‘rtasida olib borilayotgan profilaktik tadbirlarning ahamiyati katta.
Uychi tumanida “Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filiali “Uychi tumangaz” ta’minoti va viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bilan hamkorlikda ana shunday profilaktik tadbir tashkil etildi.
Jumladan, tumanning “Pastguzar” mahallasidagi aholi xonadonlarida yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish va is gazidan zaharlanishdan saqlanish, xonadonlardagi isitish qozonlari, mo‘rikon va dudbo‘ronlarni o‘z vaqtida tozalash lozimligi bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi hamda kuz-qish mavsumida loqayd bo‘lmaslikka chaqirildi.
“Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati