Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Andijon viloyatida bugungi kunda 1 milliondan ortiq uy ichi gaz jihozlari mavjud bo‘lib, ularni bir marotabalik texnik ko‘rikdan o‘tkazish iste'molchilarni xavfsizligini ta'minlashdagi asosiy talablardan biri hisoblanadi. Ayniqsa kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida ushbu jarayon muhim kasb etadi. 148 ming 797 dona 2 komforkalik gaz plitalari, 122 yarim mingdandan ortiq 3 komforkalik hamda 318 mingdan ziyod 4 ko‘zli gaz plitalari hisobga olingan. Shuningdek, 378 ming isitish pechlari, 22 700 ga yaqin isitish qozonlari, 46 ming 121 dona titanlar hamda 25 mingga yaqin boshqa turdagi uy ichi gaz jihozlari joriy yilda bir marotabalik texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi kerak. Joriy yilning o‘tgan to‘qqiz oyi davomida aholi xonadonlari va ulgurji iste'molchilarning 600 mingdan ortiq gaz jihozlari texnik ko‘rikdan o‘tkazilib, iste'molchilarning mavjud gaz jihozlaridagi nosozliklar bartaraf qilindi.
“Tumanimizdagi aholi xonadonlaridagi uy ichi gaz jihozlarini bir qator nazoratdan o‘tkazmoqdamiz,- deydi “Xo‘jaobodtumangaz” gaz ta'minoti bo‘limi bosh muhandisi Xayrullo Karimov. – bugungi kunda xo‘jaobodliklar xonadonlarida 63 mingga yaqin uy ichi gaz jihozlari xatlovdan o‘tkazilgan. 7378 ta 2 kamforkali, 10 mingdan ortiq 3 ko‘zli hamda 13 137 ta 4 komforkali gaz plitalari aholiga xizmat ko‘rsatmoqda. 26 mingdan ortiq isitish pechlari, 357 ta isitish qozonlari, 2587 uy hammomlariga o‘rnatilgan titanlar va yana 2 mingdan ziyod boshqa turdagi uy ichi gaz jihozlarini ham joriy yilda bir marotabalik texnik qarovdan o‘tkazish belgilangan. Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jaayonlari davomida “Mustaqillikning 27 yilligi” MFY o‘ramidagi namunali uylar va ko‘p qavatli uylarda texnik ko‘rik ishlari olib borilib, gazdan xavfsiz va oqilona foydalanish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.”
Is gazining kelib chiqishi va uning oqibatlari, gazdan oqilona foydalanish hamda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlari Jalaquduq tumanidagi aholi o‘rtasida ham olib borildi. Dastlab “O‘roqchitepa” mahallasining hovli uylarida yashovchi aholi vakillari bilan uchrashildi. Hovli uylardaga mo‘rikonlar va dudbo‘ronlar sozligi, oshxonadagi ventilyasion kanallarning ishlash jarayoni haqida mutaxassislar iste'molchilarga tushuncha berdilar. Shuningdek, “Qadaqsin” MFY o‘ramidagi ko‘p qavatli uylarda yashovchi aholi xonadonlariga ham kirib mavsumga tayyorgarlik bo‘yicha suhbatlar o‘tkazildi. Uylarning kirish eshiklariga, maktab va boshqa ijtimoiy sohaning ko‘rinarli joylariga maxsus targ‘ibot plakatlari yopishtirilmoqda.
“Agar xonadonlardagi har bir gaz jihozlari texnik jihatdan soz bo‘lsa, tabiiy gazdan foydalanishda ham isrofgarchilikni oldi olinadi. “Qo‘rg‘ontepatumangaz” gaz ta'minoti bo‘limining uy ichi gaz jihozlariga xizmat ko‘rsatish chilangarlar ham xonadonlardagi targ‘ibot davomida mo‘rikonlarni sozligi, jihozlarni to‘g‘ri o‘rnatilganligiga e'tibor bermoqdalar. Shuningdek, iste'molchilarga jihozlarning soz bo‘lishi naqadar muhimligini tushuntirilmoqda, energiyatejamkor gaz jihozlarining targ‘iboti ham chetda qolmayapti” - deya ma'lumot berdi “Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filialining texnika xavfsizligi muhandisi Muhammadsoli Qosimov.
Aholiga isitish pechlari va gaz moslamalaridan foydalanish qoidalari, gaz va havo aralashmasining chaqnashi, fuqarolarni is gazidan zaharlanishi va boshqa noxush holatlarni oldini olishga qaratilgan tushuntirish bo‘yicha targ‘ibot ishlari davom etmoqda.
“Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati