Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Oqoltintumangaz” gaz taʼminoti boʻlimi tomonidan aholi xonadonlarini suyultirilgan gaz bilan taʼminlash maqsadida, Oqoltin tumanidagi mavjud 7328 ta suyultirilgan gaz bilan taʼminlanadigan isteʼmolchilarga 2022-yil 1-may holati uchun ajratilgan fond miqdori 428 tonnani tashkil etgan boʻlsa, amalda aholini bir maromda suyultirilgan gaz bilan uzluksiz taʼminlash maqsadida ushbu koʻrsatkich 2022-yil 30-mart kuniga qadar 569 tonnani tashkil etgan yaʼni rejaga nisbatan 132,9% bajarilgan. Oqoltin tumanida aholiga maishiy gaz ballonlarni peshma-pesh xonadonlarga yetkazib berishda 5 nafar ishchi xodim hamda 2 dona maxsus ISUZI avtotransport vositasi xizmat koʻrsatib kelmoqda. Xonadonlarga suyultirilgan gazni yetkazib berish jarayonida iste'molchilar uchun yengilliklar yaratish maqsadida maishiy gaz ballonlarga maxsus Stikerlar o'rnatilgan va suyultirilgan gaz toʻlovlari toʻliq ID plastik kartalarda E-gaz avtomatlashtirilgan tizim orqali amalga oshirilmoqda.
"Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati