Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Xabaringiz bor, bugungi kunda tabiiy gaz tizimiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish orqali hisobga olish tizimini takomillashtirish, yo‘qotishlarni bartaraf etish, shuningdek iste’mol qilingan gaz uchun to‘lovlarning o‘z vaqtida va to‘liq undirilishini ta’minlash maqsadida, tabiiy gazni nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimi joriy etilgan. Bu esa xizmat ko'rsatuvchi korxona uchun ham qolavеrsa istе'molchilar uchun ham qulayliklari bilan muhim ahamiyat kasb etadi.Ushbu jarayoda Kasbi tumanida ham jadallik bilan olib borilyapti.
Jumladan, ayni kunga qadar, tumandagi 4485 ta tabiiy gaz aholi xonadonlariga zamonaviy hisoblash uskunalari o‘rnatilib, joriy yil 1-chorak uchun talabnoma asosida qo‘shimcha 726 ta hisobdonlar o‘rnatildi.
Bo‘lim tomonidan jami o‘rnatilgan elektron hisoblagichlar 5056 donani tashkil qiladi.
“Hududgaz Qashqadaryo” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati