Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-sentabrdagi “Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish loyihasini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Samarqand viloyatidagi xonadonlarga elektron gaz hisoblagichlarni o‘rnatish ishlari davom etmoqda.
“Aqlli” hisoblagichlar o‘rnatish ishlari boshlangandan buyon bugungi kunga qadar, viloyat miqyosida 241 996 ta tabiiy gaz iste’molchilari xonadonlariga elektron gaz hisoblagichlar o‘rnatildi va “BillingGaz” tizimiga ulandi.
Jumladan, ayni kunga qadar Samarqand shahrida 86 442 ta gaz hisoblagichlari o‘rnatilib, gaz iste’moli to‘g‘risidagi ma’lumotlar “BillingGaz” dasturiga kelib tushmoqda.
"Aqlli" gaz hisoblagichlar o‘rnatish jarayonlarida viloyat bo‘yicha 154 ta brigada qatnashmoqda. Ularning 6 tasi qo‘shni viloyatlardan jalb etilgan.
“Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati