Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Paxtachi tumanida jami 27 222 tasi suyultirilgan gaz iste’molchilari istiqomat qilishadi. Tumandagi suyultirilgan gaz iste’molchilarida 249 ta shaxsiy maishiy gaz ballonlari mavjud bo‘lib, bunga qo‘shimcha ravishda filial tomonidan vaqtinchalik foydalanib turish uchun, shartnoma asosida 31 275 dona maishiy gaz ballonlari tarqatilgan. Iste’molchilarni maishiy gaz ballonlari bilan ta’minlanganlik darajasi 115,8 foizni tashkil etadi.
Tumandagi iste’molchilarga 2021 yilning 31 may sanasiga qadar jami 1657 tonna suyultirilgan gaz mahsuloti yetkazib berildi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, 2021 yilning o‘tgan 5 oyi davomida tumanda suyultirilgan gaz iste’molchilari soni 550 taga ortdi. Hozirda tuman aholisini suyultirilgan gazga bo‘lgan qo‘shimcha ehtiyojlari mahallalar kesimida xatlov asosida o‘rganilmoqda. Maqsad - hayot sifatini yaxshilash va aholi farovonligini oshirishga xizmat qilishdan iboratdir.
Xabaringiz bor joriy yildan boshlab, aholi xonadonlariga suyultirilgan gaz mahsulotlarini yetkazib berishda avtomatlashtirilgan tizim joriy etilmoqda. Mazkur tizimni joriy etish loyihasi doirasida Paxtachi tumanida barcha maishiy gaz ballonlarga stikerlar o‘rnatildi hamda 22 378 nafar iste’molchiga ID kartalar tarqatildi.
“Hududgaz Samarqand”gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati.