Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Qo‘shrabot tumanida 3441 nafar tabiiy gaz iste’molchilari mavjud bo‘lib, ularning 242 tasi ko‘p qavatli uylarda 3199 tasi hovli uylarda istiqomat qilishadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 sentabrdagi “Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish” loyihasini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4840-son Qaroriga binoan Qo‘shrabotda ham tabiiy gaz iste’molchilari xonadonlariga “aqlli” hisoblagichlar o‘rnatish ishlari boshlandi.
Ayni paytda jarayonlarga 8 ta brigada jalb etilgan. Hisoblagich o‘rnatish ishlari boshlangandan buyon Qo‘shrabotdagi 333 ta tabiiy gaz iste’molchilari xonadonlariga aqlli hisoblagichlar o‘rnatilgan. Ayni paytda tumanning “Qiyqim” mahallasida elektron gaz hisoblagichlarini o‘rnatish jarayonida “Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali mutaxassislari tomonidan iste’molchilarga hisoblagichning ishlash jarayoni haqida zarur tushunchalar berilmoqda.
“Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati.