Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Jarqo'rg'ontumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan tumandagi 64 ta mahalladagi 42735 ta suyultirilgan gaz iste'molchilariga o'z vaqtida Jarqo‘rgʻon gaz to‘ldirish shaxobchasi orqali gaz ballonlar yetkazilmoqda.
Endilikda suyultirilgan gaz iste’molchilari uchun gaz ta’minoti to‘lovlarini ID-kartalar orqali amalga oshirish imkoniyati yaratilmoqda. ID-karta balansini uyali aloqa vositasi orqali kuzatib borish imkoniyati ham mavjud. Shuningdek, iste’molchm shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan bankka borib karta ochishi va unga pul o‘tkazib, xizmat mashinalarga o‘rnatilgan kartadan pul yechib oluvchi apparatlar orqali to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkin.
Ma’lumot uchun, iste’molchilar suyultirilgan gaz ballonlarini qabul qilganda suyultirilgan gazning belgilangan sifatda va hajmda yetkazib berilishini talab qilish, gaz miqdorini nazorat tarozilarida o‘lchab ko‘rish, belgilangan miqdorda bo‘lmagan suyultirilgan gaz ballonni olishdan bosh tortishga qonuniy haqqi bor.
Bugungi kunda har bir sohada uchrashi mumkin bo‘lgan ovoragarchiliklarni bartaraf etib, aholi uchun imkon qadar qulay va sifatli xizmat ko‘rsatish tizimini yo‘lga qo‘yish har bir tarmoq oldida turgan ustuvor masala. Shunday ekan, “Hududgazta'minot” AJ tizimida bu yo‘nalishdagi ishlar izchillik bilan davom ettiriladi.
“Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati