Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
“Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filiali xodimlari va viloyat FVB mas’ullari bilan hamkorlikda Yangi Namangan tumanining “Sihatgoh”, “Mehnatobod” va “Yangi Zamin” mahallalarida reyd tadbirlari tashkil etildi.
O‘rganish davomida aholi xonadonlari ko‘zdan kechirildi, tabiiy gazga gaz tortuvchi uskuna o‘rnatib olgan fuqarolar ogohlantirilib, holat bartaraf etildi. Bir necha bor ogohlantirilishiga qaramay, qo‘lbola gaz so‘rg‘ich o‘rnatib olgan iste’molchilar gaz tarmog‘idan uzildi.
Birgina Yangi Namangan tumanining "Mehnatobod", "Sihatgoh" va "Chamanzor" mahallalarida turar-joyiga gaz tortuvchi uskuna o‘rnatib olgan 10 nafar fuqaro ogohlantirilib, holat bartaraf qilindi. Bir necha marta jiddiy eslatilishiga qaramay, qo‘lbola gaz so‘rg‘ich ishlatayotgan 5 ta xonadon esa tarmoqdan uzildi.
Ma’lumot uchun, viloyat bo‘yicha hududlarda o‘tkazilgan ana shunday reyd tadbirlari davomida ko‘chalarning kirish qismida va xonadonlarning ichida qo‘lbola gaz so‘rg‘ichlar o‘rnatib olingan 52 ta holat aniqlanib, tadbir ishtirokchilari tomonidan joyida payvandlash yo‘li bilan bartaraf etildi.
“Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati