Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Gaz xavfli yoqilg’i bo’lgani uchun ishchi-xodimlardan doimo ehtiyotkorlik va hushyorlik bilan faoliyat yuritishni talab etadi. Shu bois soha xodimlari malaka ko'nikmalarni oshirib borish muhim hisoblanadi.
“Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filialining Yangiqo‘rg‘on tumanidagi “Yuqori Qorayantoq” mahallasi hududida joylashgan “Tumanlar aro suyultirilgan gaz to’ldirish” shoxobchasida favqulodda vaziyatlar ro’y berganida ko’riladigan chora-tadbirlar bo’yicha amaliy taktik o’quv mashg’uloti bo’lib o’tdi.
Taktik o‘quv mashg‘ulotlari davomida mazkur shoxobchada faoliyat yuritayotgan ishchi-xodimlarni favqulodda vaziyatlarda to’gri harakatlanish bo’yicha tayyorgarliklari yana bir bora sinovdan o‘tkazildi.
Unda viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasining yong‘inga qarshi kurashish va tez tibbiy yordam ko’rsatish xizmatlari xodimlari tomonidan shartli ravishda yuzaga kelgan favqulodda holatlarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy harakatlar namoyish etildi.
Ta’kidlash joiz, favqulodda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘inlarni bartaraf etish, ishchi xodimlar va fuqarolarni evakuatsiya qilish hamda shaxsiy tarkibning jangovor tayyorgarligi va kasb mahoratini oshirishda bu kabi amaliy mashg‘ulotlarning ahamiyati katta.