Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Har bir maishiy gaz ballonida sinov muddatlarining ko'rsatilishi asosiy omillardan biridir. Sababi, bu eng avvalo, inson xavfsizligini ta'minlaydi. Viloyatimiz aholisi o'rtasida bu borada gaz tizimi xodimlari tomonidan tegishlicha targ'ibot ishlari amalga oshirilmoqda.
Joriy yil boshidan hozirga qadar viloyatimizning 421896 ta aholi iste’molchilarga suyultirilgan gaz yetkazib berildi. Shu jumladan, 1-iyun holatiga mavjud gaz ballonlar soni jami 476335 donani tashkil etib, shundan 367838 dona filial tomonidan shartnoma asosida foydalanish uchun berilgan. 108501 donasi esa aholining shaxsiy gaz ballonlaridir. Viloyatdagi iste’molchilarga uzluksiz va xavfsiz suyultirilgan gaz yetkazib berish maqsadida Pop, Uychi va Yangiqo‘rg‘on gaz to‘ldirish inshootlarida maishiy gaz ballonlarini sinovdan o‘tkazish va ta’mirlash sexlari ishga tushirilgan bo'lib, 2022-yil boshidan hozirgacha iste’molchilarning 26134 ta maishiy gaz ballonlarini sinovdan o‘tkazish va ta’mirlash xizmatlari amalga oshirildi.
“Hududgazta’minot” AJning 2022-yil 26-maydagi “Iste’molchilarni maishiy gaz ballon bilan ta’minlash hamda ularni ta’mirlash va sinovdan o‘tkazish ishlarini yanada yaxshilash” to‘g‘risidagi №124-sonli buyrug‘ining 2-ilovasiga muvofiq suyultirilgan gaz iste’molchilarning maishiy gaz ballonlarini sinovdan o‘tkazishda ko‘rsatilgan xizmat uchun gaz ta’minoti korxonalari tomonidan tasdiqlangan 50000 ming so‘m narxnoma asosida 5 yilga teng bo‘lingan holda 10 000 so‘mdan to‘lash shuningdek, bugungi kunda joriy qilingan ID karta orqali to‘lovlarni amalga oshirishlari belgilangan bo'lib, shu asosida ish tashkil etilgan.
Shuni ta'kidlash kerakki, har besh yil davomida maishiy gaz ballonlari sinovdan o’tkazilishi hamda joiz bo'lsa ta’mirlanishi lozim.Shuning uchun ham tizim xodimlari tomonidan ana shu masalaga alo9hida e'tiboq qaratilmoqda. Zero, buning zamirida inson hayoti va xavfsizligi mujassamdir...
“Hududgaz Namangan” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati