Saytda audio qo'llab-quvvatlash mavjud bo'lib, matnni eshitish uchun ushbu funksiya holatini tanlab qo'ying va kerakli matnni sichqoncha bilan belgilang
Jarqo‘rg‘on tumanida 4962 nafar tabiiy gaz, 41273 nafar suyultirilgan gaz iste’molchi mavjud. Barcha tabiiy gaz iste’molchilarining 3408 tasi hovli uylarda bo‘lsa, 1556 nafar iste’molchi ko‘p qavatli uylarda istiqomat qiladi.
“Jarqo’rg’ontumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari ushbu iste’molchilarning tabiiy va suyultirilgan gaz ta’minotini yaxshilash, ularga qulay sharoitlar yaratishga, ko‘rsatiladigan barcha xizmat turlarini sifatli amalga oshirishga harakat qiladi. Bu esa tuman aholisida gaz ta’minoti borasida bo‘ladigan murojaatlar sonining kamayishi va aholida gazdan oqilona foydalanish borasida yetarli ko‘nikmalar hosil bo‘lishini ta’minlamoqda.
Joriy yilning 4 oyida tuman aholisidan sohaga oid 45 ta murojaat qabul qilindi.
Jumladan, jismoniy va yuridik shaxsdan 7 ta, “Ishonch telefoni”ga 6 ta, rahbar shaxsiy qabuliga esa 32 ta murojaat yo‘llandi. Shuningdek, 4 oyida tumanda sektorlar kesimida o‘tkazilgan sayyor qabulda "M.Roxat", "Istiqlol", "Do‘stlik", "Qoraqursoq", "Yangi turmush", "Yangiarik", "Qumkishloq", "O‘rikli", "Uzumzor" mahallalari aholisi ishtirok etdi. Qabulda fuqarolar hisoblagichlarning o‘rnatilishi, gaz jihozlarining ta’mirlanishi va gaz quvurlarining joyini o‘zgartirish bilan bog‘liq 90 ta savol bilan soha vakillariga murojaat qilishdi. Ularning murojaatlari tegishliligi bo‘yicha o‘rganilib, belgilangan muddatda hal etildi.
Xususan, "Yangiobod" mahallasida yashovchi Rashid xonadonidagi gaz hisoblagichi nosoz holga kelgani, gaz o‘tkazmayotganini bildirdi.
Soha xodimlari o‘sha vaqtning o‘zida murojaatchi xonadoniga borib, hisoblagichni ta’mirlashdi va “aqlli” hisoblagich o‘rnatilgunga qadar texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilinishi zarurligi aytildi. Shu mahallada istiqomat qiluvchi Shirin Jabborova esa gaz plitasidan ba’zi-ba’zida gaz sizib chiqish holati kuzatilayotgani ma’lum qildi. Uning gaz jihozlari ham chilangarlar tomonidan xavfsiz holga keltirilib, tegishli shartnoma asosida texnik xizmat ko‘rsatishning afzalliklari haqida ma’lumotlar berildi.
Aholi bilan doimiy uchrashuvlar o‘tkazish, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish, bartaraf etish bo‘lim va filial rahbariyati tomonidan qat’iy nazoratga olingan.
“Jarqo’rg’ontumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi ijro nazorati va murojaatlar bilan ishlash xizmati yetakchi muhandisi: N.X.Karimova